locale OZ

Dembele Fransiyaning 2025 yildagi eng yaxshi sportchisi deb topildi

Avvalroq u «Oltin to‘p»ni ham qoʻlga kiritgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dembele Fransiyaning 2025 yildagi eng yaxshi sportchisi deb topildi
FOTO: Getty Images

Nufuzli L’Équipe nashri 2025 yil yakunlariga ko‘ra Fransiyaning eng yaxshi sportchilari reytingini e’lon qildi.

Birinchi o‘rinni «Pari Sen-Jermen» futbolchisi Usman Dembele egalladi. Avvalroq u «Oltin to‘p» (dunyodagi eng nufuzli individual mukofot) bilan taqdirlangan edi.

2025 yil uchun Fransiyaning eng yaxshi sportchilari reytingi:

  1. Usman Dembele (futbol) — 803 ochko
  2. Leon Marshan (suzish) — 661 ochko
  3. Charli Dalin (yelkanli sport) — 380 ochko
  4. Jimmi Gressye (yengil atletika) — 369 ochko
  5. Maksim Grusse (suzish) — 232 ochko
  6. Lyui Byel-Biarri (regbi) — 215 ochko
  7. Tomas Ramos (regbi) — 83 ochko
  8. Sebastyen Oje (ralli) — 82 ochko
  9. Dezire Due (futbol) — 71 ochko
  10. Joan-Benjaman Gaba (dzyudo) — 68 ochko
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting