locale OZ

Deklan Rays: Dyokeresh dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri hisoblanadi

"Arsenal" klubi xavbeki Deklan Rays kecha APL 20-turidan o‘rin olgan "Bornmut"ga (3:2) qarshi bahsda jamoa markaziy hujumchisi Viktor Dyokereshning o‘yini haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Deklan Rays: Dyokeresh dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri hisoblanadi
photo: gettyimages

Londonning "Arsenal" klubi xavbeki Deklan Rays kecha APL 20-turidan o‘rin olgan "Bornmut"ga (3:2) qarshi bahsda jamoa markaziy hujumchisi Viktor Dyokereshning o‘yini haqida fikr bildirdi.

"Viktorga juda qiyin bo‘ldi, chunki uni bir vaqtning o‘zida ikkita himoyachi qo‘riqlayotgandi. U jamoa uchun borini beradi. APL jamoalari himoyachilari unga maydonda joy bermaslikka harakat qilmoqda, chunki Dyokeresh dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri hisoblanadi. U bizning o‘yinimizga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Uning hissasisiz biz birinchi o‘rinda bo‘lmasdik", - deya yarim himoyachining so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

Dyokeresh Angliya chempionatining joriy mavsumida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting