locale OZ

De Rossi «Torino» ustoziga aylanishi mumkin

Ligada 2-tur uchrashuvlari yakunlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
De Rossi «Torino» ustoziga aylanishi mumkin
ФОТО: Getty images

Daniele De Rossi yaqinda yana murabbiylik faoliyatiga qaytishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikola Skira xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 42 yoshli italiyalik mutaxassisni “Torino” jamoasi bosh murabbiy sifatida tayinlamoqchi.

Klub rahbariyati hozirgi murabbiy Marko Baroni jamoa shanba kuni A Seriyaning 6-turida “Latsio”ga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘lsa, iste’foga chiqarishi mumkin.

Baroni vazifasidan ozod etilsa, De Rossi turinliklar ustozligi uchun asosiy da’vogar sifatida qaralmoqda.

De Rossi 2024 yilning yanvaridan beri ishsiz. Uning so‘nggi klubi “Roma” bo‘lgandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting