De Paul toʻlaqonli «Inter Mayami» futbolchisiga aylandi
Argentinalik yarimhimoyachi MLS klubi safida ijarada toʻp surayotgandi.
FOTO: Getty Images
«Inter Mayami» yarimhimoyachi Rodrigo De Paulning «Atletiko» bilan boʻlgan shartnomasini to‘liq sotib olish boʻyicha bitimni yakunladi.
Klub futbolchi bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnomani oldindan kelishib qo‘ygan edi, shu tariqa Mayami jamoasida ijarada to‘p surgan argentinalik yarimhimoyachi rasmiy ravishda klubning to‘laqonli futbolchisiga aylandi.
De Paul 2025 yil iyul oyida «Inter Mayami» klubiga ijaraviy shartnoma asosida qo‘shilgan edi.
MLS 2025 yilgi mavsumining pley-off finalida «Vankuver Uaytkaps»ga qarshi o‘yinda De Paul hal qiluvchi gol muallifi bo‘ldi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 20 mln yevro etib belgilangan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist