locale OZ

De Ligt A seriyaga qaytishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
De Ligt A seriyaga qaytishi mumkin
Photo: Getty Images

Niderlandiyalik himoyachi Matteys de Ligt yozda “Manchester Yunayted”ni tark etadi. Bu haqda Tuttosport xabar berdi.

25 yoshli futbolchi xizmatiga “Inter” jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Neradzurrilar” markaziy himoyachini sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olishni istamoqda.

Eslatib o'tamiz, de Ligt 2019-2022 yillarda “Yuventus” sharafini himoya qilgan. So'ngra “Bavariya”ga ko'chib o'tgandi. Transfermarkt portali futbolchining taxminiy transfer narxini 40 million yevro deya baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting