De Bruyne may oyida kelajagi bo‘yicha bir qarorga keladi
Photo: Getty Images
“Manchester City” yarim himoyachisi Kevin de Bruyne yaqin orada kelajagi borasida bir qarorga kelishni rejalashtirmoqda.
Jurnalist Tom Bogert xabar berishicha, belgiya futbolchisi oldida turgan variantlarni o‘rganib chiqmoqda. May oyining oxirigacha u yangi jamoasi borasida aniq qaror qabul qilmoqchi.
Bu klub va jahon chempionati bilan bog‘liq vaziyatga aniqlik kiritishga yordam beradi. Agar futbolchi xohlasa, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida “Manchester City” bilan birga ishtirok etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi oldida MLS va Saudiya klublaridan takliflar bor.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist