locale OZ

Daych \"Nottingem Forest» bilan qancha muddatli bitim imzolashi ma’lum

"Nottingem Forest" APLda 5 ochko bilan 18-o‘rinni egallab turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Daych "Nottingem Forest» bilan qancha muddatli bitim imzolashi ma’lum
ФОТО: Getty images

"Everton"ning sobiq ustozi Shon Daych "Nottingem Forest" bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano o‘zining shaxsiy ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, klub va murabbiy og‘zaki kelishuvga erishishgan. Endi barcha hujjatlar imzolanishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, "Nottingem Forest" APLda 5 ochko bilan 18-o‘rinni egallab turibdi. Dam olish kunlari "o‘rmonchilar" avstraliyalik murabbiy Ange Postekogluni iste’foga chiqardi, bunga qadar Nunu Eshpiritu Santu bilan ham hamkorlik to‘xtatilgandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting