locale OZ

Davlatbek Qo‘ldoshev – «Dinamo» futbolchisi

21 yoshli futbolchi yarimhimoya va himoyada bir xil harakat qila oladi.
Davlatbek Qo‘ldoshev – «Dinamo» futbolchisi
Фото: Динамо ПФК

Superligada transfer oynasining so‘nggi kunida “Dinamo” jamoasi yana ikki nafar yosh o‘yinchini tarkibiga qo‘shib oldi.

Samarqand futboli tarbiyalanuvchisi, so‘nggi mavsumlarda “Sherdor” klubi safida Birinchi ligada muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan Davlatbek Qo‘ldoshev “Dinamo” jamoasi a’zosiga aylandi. 21 yoshli futbolchi yarimhimoya va himoyada bir xil harakat qila oladi.

“Ishonamizki, Davlatbek barchaning ishonchini oqlaydi va ‘Dinamo’ safida uzoq yillar to‘p surib, jamoamiz g‘alabalariga munosib hissasini qo‘shadi”, - deyiladi klub xabarida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting