Davide Anchelotti \"Botafogo\" bosh murabbiyiga aylandi
Photo: Getty Images
Davide Anchelotti ham otasi kabi faoliyatini Braziliyada davom ettiradi.
35 yoshli italiyalik mutaxassis “Botafogo” bosh murabbiyi etib tayinlandi. U 2026 yil oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, Davidening otasi Karlo Braziliya milliy jamoasi ustoziga aylangan va u ikki o‘yindayoq “pentakampeonlar”ni jahon chempionatiga olib chiqishni uddaladi.
Kichik Anchelotti bunga qadar faqat otasi bilan birga ishlagan. U “Real”, “Everton”, “PSJ” va “Napoli”da Karloga assistentlik qilgan.
Bahrom Bobonov
Redaktor