Darvozabonlar murabbiylari uchun navbatdagi seminar tashkil etildi
Mashg‘ulotlarni FMTM instruktori Farrux Turdialiev olib bordi.
Фото: ЎФА
Hududiy akademiyalar hamda professional jamoalar tarkibidagi futbol akademiyalarida faoliyat yuritayotgan darvozabonlar murabbiylari uchun navbatdagi seminar o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlarni FMTM instruktori Farrux Turdialiev olib bordi. Unda zamonaviy futbol talablaridan kelib chiqib, darvozabonlarni tayyorlash metodikalari, mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish hamda yosh darvozabonlarning mahoratini oshirish yo‘llari haqida batafsil tushuntirildi.
Seminar davomida ishtirokchilar nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy mashg‘ulotlarda ham qatnashib, yangi usullarni sinovdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘lishdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist