locale OZ

Dani Sebalyos: \"Hozir men uchun eng muhimi — muntazam o‘yin amaliyoti\"

So‘nggi haftalarda Sebalyosning kelajagi borasida turli transfer mish-mishlari tarqalmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dani Sebalyos: "Hozir men uchun eng muhimi — muntazam o‘yin amaliyoti"
Foto: Getty Images

Madridning "Real" klubi sobiq futbolchisi Dani Sebalyos faoliyatining hozirgi bosqichida o‘zi uchun eng muhim narsa nima ekanini aytdi.

"Hozir men uchun eng muhimi — muntazam maydonga tushish. Har bir futbolchi o‘zini muhim his qilishni va doimiy o‘ynashni xohlaydi."

Sebalyosning ta'kidlashicha, ayni paytda u uchun eng asosiy maqsad — imkon qadar ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish va o‘zining eng yaxshi futbolini namoyish etish.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi haftalarda Sebalyosning kelajagi borasida turli transfer mish-mishlari tarqalmoqda. Shu bois uning ushbu bayonoti futbolchining yangi mavsum oldidan muntazam o‘yin amaliyotini ustuvor vazifa sifatida ko‘rayotganini yana bir bor tasdiqladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting