locale OZ

Dahshat! Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi 2 kishi kam boʻlib qolganiga qaramay, 2:0 hisobida oldinda bormoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dahshat! Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi 2 kishi kam boʻlib qolganiga qaramay, 2:0 hisobida oldinda bormoqda
Photo: UzbekistanFA

Oʻzbekiston U-17 mezbonlarga qarshi finalda 1-boʻlimning oʻzida 9 kishi boʻlib qoldi. Dastlab 40-daqiqada Nurbek Sarsenbayev, 45-daqiqada birga-bir vaziyatga chiqib ketayotgan raqibni toʻxtatgani uchun Miraziz Abdukarimov maydondan chetlatildi.

Ammo bosh hakam VARni koʻrgan holda, saudiyaliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. Bundan esa 50-daqiqada Muhammad Hakimov unumli foydalanib, hisobni ochdi. 70-daqiqada esa Sadriddin Hasanov ikkinchi gol muallifiga aylandi.

Oʻzbekiston — Saudiya 2:0

Gol: Muhammad Hakimov 50 pen,Sadriddin Xasanov 70

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting