CSKA — Rossiya kubogi 9 karra sohibi
G'olib penaltilar seriyasida aniqlandi
Photo: Getty Images
Rossiya kubogi superfinali doirasidagi “Rostov" va CSKA jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi.
Bahsning asosiy vaqti golsiz durang bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa Moskva klubi omadli chiqdi.
CSKA yarim himoyachisi Abbos Fayzullayev 73-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi.
Shu tariqa CSKA o‘z tarixida 9-bor mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi.
Rossiya kubogi. Final
“Rostov” 0:0 CSKA (pen: 3:4)
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist