locale OZ

CSKA Faizullaevning \"Bashakshehir\"ga o'tayotganini tasdiqladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
CSKA Faizullaevning "Bashakshehir"ga o'tayotganini tasdiqladi
Photo: Getty Images

CSKA va O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Abbos Faizullaev "Istanbul Bashakshehir" futbolchisi bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq ayrim OAV Faizullaev tibbiy ko‘rikdan o‘tishda muammoga duch kelgani haqida xabar tarqatgan edi.

Qayd etilishicha, Abbos Faizullaev Istanbul aeroportidan chiqqan va mehmonxonaga yetib borgan. Tibbiy ko‘rik hali o‘tkazilmagan.

Moskvaning CSKA klubi kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Kirill Breydo jamoa yarimhimoyachisi Abbosbek Faizullaevning “Istanbul Bashakshehir”ga o‘tish arafasida ekanini tasdiqladi.

“Abbos transferni yakunlash hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Turkiyaga jo‘nab ketdi”, – dedi Breydo Match TV telekanaliga bergan intervyusida.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting