locale OZ

Crystal Palace Yevropa ligasidan chetlatilishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Crystal Palace Yevropa ligasidan chetlatilishi mumkin
Photo: Getty Images

UEFA “Crystal Palace”ni keyingi mavsumda Yevropa ligasidan chetlatishi mumkin. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “burgutlar” Konferensiyalar ligasiga tushiriladi va ularning o'rnini “Nottingham Forest” egallaydi.

Avvalroq, Fransiya futbol klublarini nazorat qilish va boshqarish milliy boshqarmasi "Lyon" Liga 1dagi o'rnini saqlab qolishga ruxsat bergan edi.

UEFA reglamentiga ko'ra, egasi bir bo'lgan ikkita klub bir xil evrokuboklar turnirida o'ynay olmaydi, imkoniyat esa o'z chempionatida yuqoriroq pog'onani egallagan jamoaga beriladi.

“Crystal Palace” UEFAning yakuniy qarorini kutmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting