«City» Edersonni 12 mln yevroga «Fenerbahche»ga sotmadi
Фото: Getty Images
"Manchester City" "Fenerbahche"ning darvozabon Ederson bo‘yicha taklifini rad etdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Turkiya klubi braziliyalik posbon uchun 12 mln yevro taklif qilgan, biroq bunday shartlar "shaharliklar"ni qoniqtirmagan.
Shunga qaramay, “kanareykalar” 32 yoshli braziliyalik darvozabonni qo‘lga kiritishga umid qilmoqda. Tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda.
Avvalroq “Galatasaray” ham bir necha bor Ederson borasida “City” bilan muzokara olib borgan. Biroq tomonlar kelishuvga erisha olmagan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist