CIES dunyoning eng qimmat futbolchilari reytingini e’lon qildi: Lamin Yamal yaqqol peshqadam
Holand va Mbappe kuchli uchlikda joy olgan.
FOTO: Getty Images
Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) dunyoning eng qimmat futbolchilari yangilangan reytingini e’lon qildi. Jami 100 nafar o‘yinchidan iborat ushbu ro‘yxat CIES’ning maxsus statistik modeli asosida shakllantirilgan. Reytingni «Barselona»ning 18 yoshli vingeri Lamin Yamal boshqarib bormoqda.
Kuchli yigirmalik (top-20) quyidagicha ko‘rinish olgan:
- Lamin Yamal («Barselona») – € 358,1 mln
- Erling Holand («Manchester Siti») – € 227,3 mln
- Kilian Mbappe («Real») – € 165,7 mln
- Maykl Olise («Bavariya») – € 140,5 mln
- Morgan Rodjers («Aston Villa») – € 136,8 mln
- Dezire Due («PSJ») – € 133,2 mln
- Kenan Yildiz («Yuventus») – € 133 mln
- Niko O'Rayli («Manchester Siti») – € 125 mln
- Arda Guler («Real») – € 124,8 mln
- Pau Kubarsi («Barselona») – € 124,6 mln
- Florian Virts («Liverpul») – € 124,1 mln
- Pedri («Barselona») – € 120,6 mln
- Jud Bellingem («Real») – € 120,3 mln
- Yan Diomand («RB Leypsig») – € 118,7 mln
- Ugo Ekitike («Liverpul») – € 118,3 mln
- Joau Neves («PSJ») – € 117,1 mln
- Fermin Lopes («Barselona») – € 115,9 mln
- Estevao («Chelsi») – € 113,4 mln
- Din Xyoysen («Real») – € 112 mln
- Bukayo Saka («Arsenal») – € 111,2 mln
Shuningdek, «Chelsi» a’zosi Koul Palmer 21-o‘rinni (€ 110,6 mln), Xulian Alvares («Atletiko», € 109,6 mln) 22-o‘rinni, Xvicha Kvarasxeliya («PSJ», € 100,9 mln) 26-o‘rinni va Vinisius Junior («Real», € 83,8 mln) 50-o‘rinni egalladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist