CIES APL g‘olibligiga da’vogarlar reytingini tuzdi
O‘tgan mavsum "Liverpul" chempionlikni qo‘lga kiritgandi.
ФОТО: Getty images
Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES Football Observatory) hisobotiga ko‘ra, bu mavsum APLda chempionlik uchun “Liverpul” asosiy da’vogar sifatida ko‘rilmoqda.
“Arsenal” esa ikkinchi o‘rindan joy oldi. Uchlikni “Chelsi” 16,2 foiz bilan yakunlagan. “Manchester Siti” esa 4-o‘rindan joy olgan.
CIES talqiniga ko‘ra, APL chempionligi uchun asosiy 8ta da’vogar klub:
1. «Liverpul» — 28,9 foiz
2. «Arsenal» — 18,8 foiz
3. «Chelsi» — 16,2 foiz
4. «Manchester Siti» — 14,4 foiz
5. «Nottinghem Forest» — 7,9 foiz
6. «Nyukasl» — 5,8 foiz
7. «Aston Villa» — 3,2 foiz
8. «Manchester Yunayted» — 2,6 foiz.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist