CIES A Seriya g‘olibligi uchun da’vogarlar reytingini tuzdi
Ro‘yxatdan "Milan" ham o‘rin olgan.
ФОТО: Getty images
Sport tadqiqotlari xalqaro markazi (CIES) A Seriya chempionligi uchun da’vogarlar reytingini tuzdi.
Asosiy favorit sifatida Milaning “Inter” klubi qayd etilgan, amaldagi chempion “Napoli” esa 3-o‘rinda.
CIES talqiniga ko‘ra A Seriya chempionligi uchun favoritlar reytingi:
1. «Inter» – 25,6%;
2. «Yuventus» – 18,2%;
3. «Napoli» – 17,4%;
4. «Roma» – 13,3%;
5. «Milan» – 11,3%;
6. «Atalanta» – 5,7%;
7. «Latsio» – 2,6%;
8. «Fiorentina» – 2,5%;
9. «Komо» – 1,9%.
Qolgan jamoalarga 1% yoki undan pastroq koeffitsient berilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist