ChL. Birinchi turning markaziy bahsida Bavariya Chelsini ishonchli hisobda mag'lub qildi
UEFA chempionlar ligasining birinchi turi doirasidagi markaziy uchrashuv bo'lib o'tdi.
AQShda bo'lib o'tgan klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalida amaldagi UEFA chempionlar ligasi g'olibini mag'lubiyatga uchratib bosh sovrinni qo'lga kiritgan Londonning Chelsi jamoasi Germaniyaga safar qildi. Muxlislar birinchi turdayoq markaziy o'yin guvohiga aylanishdi. Aristokratlar harchand urinishmasin Bavariya maydonidan quruq qo'l bilan qaytadigan bo'lishdi. Birinchi turning markaziy bahsida Bavariya Chelsini ishonchli hisobda mag'lub qildi. Uchrashuvda Keyn dubl qayd etdi.
ChL.1-tur.
Bavariya - Chelsi 3:1
Gollar: Chabola (20), Palmer (26), Keyn (27 Pen, 63).
Bavariya - Noyer, Laymer, Upamekano, Ta, Stanishich, Kimmix, Pavlovich, Olise, Gnabri, Dias, Keyn.
Chelsi - Sanches, Gyusto, Chaloba, Adarabioyo, Kukurelya, Jeyms, Kaysedo, Palmer, Fernandes, Netu, Joao Pedro.