Chiesa uchun La Ligadan yangi xaridor topildi
Photo: Getty Images
“Liverpul” vingeri Federiko Chiesa faoliyatini “Betis”da davom ettirishi mumkin, deb xabar bermoqda El Correa de Andalucia.
Xabarga ko‘ra, "mersisaydliklar"ni tark etmoqchi bo‘lgan futbolchi La Ligaga ko‘chib o‘tishni rejalashtirmoqda.
“Betis” Chiesaga jiddiy qiziqish bildirgan va uni o‘z safiga qo‘shib olishni mo‘ljallagan. Klub Antonioni sotib olish bo‘yicha “MYU” bilan kelisha olmadi. Natijada, andalusiyaliklar Federikoga e’tibor qaratdi.
Chiesa “Liverpul” safida o‘tgan mavsumda 14 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist