Chempionlar Ligasining joriy haftadagi eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy jamoa jamoasi eʼlon qilindi
Ushbu mavsumning hal qiluvchi oʻyini 30 may kuni boʻlib oʻtadi.
FOTO: Getty Images
UEFA o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida Chempionlar Ligasining joriy haftadagi eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoasini e’lon qildi.
Darvozabon: Gregor Kobel («Borussiya Dortmund»).
Himoyachilar: Yulian Ryuerson («Borussiya Dortmund»), Davinson Sanches («Galatasaroy»), Den Bern («Nyukasl»), Alexandro Grimaldo («Bayer»).
Yarim himoyachilar: Aurelian Tchuameni («Real»), Gabriel Sara («Galatasaroy»).
Hujumchilar: Xristos Dzolis («Bryugge»), Dezire Due («PSJ»), Kasper Xyog («Budyo-Glimt»), Entoni Gordon («Nyukasl»).
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumning hal qiluvchi final uchrashuvi 2026 yil 30 may kuni Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist