Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga nomzodlar ma'lum bo'ldi
FOTO: Getty Images
UEFA matbuot xizmati Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga nomzodlarni e'lon qildi.
Unga ko'ra, ushbu ro'yxatdan Xvicha Kvaratsxeliya (PSJ), Deklan Rays (“Arsenal”), Robert Levandovski (“Barselona”) va Alessandro Bastoni (“Inter”) o'rin olgan.
Ma'lumot uchun, Xvicha “Aston Villa”ga qarshi o'yinda g'alaba to'pini kiritdi, Rays esa “Real” bilan bahsda jarima zarbasidan ikkita gol urdi.
Levandovski “Borussiya D”ga qarshi o'yinda dubl qayd etgan bo'lsa, Bastoni “Bavariya” bilan o'yinda hal qiluvchi golni urdi va UEFA tomonidan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist