Chempionlar Ligasi chorak finalchilari qancha daromad topgani ma’lum bo‘ldi
Reytingda «Bavariya» peshqadamlik qilmoqda.
FOTO: Getty Images
UEFA Chempionlar Ligasining chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan jamoalarning joriy turnirdagi daromadlari e’lon qilindi. Reytingda Myunxenning «Bavariya» klubi 112,3 million yevro bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindan Londonning «Arsenal» jamoasi (109,7 mln yevro) joy olgan bo‘lsa, kuchli uchlikni «Liverpul» (109,5 mln yevro) yakunlab berdi.
Chorak finalga yo‘l olgan klublarning mukofot pullari reytingi:
- «Bavariya» — 112,3 mln €
- «Arsenal» — 109,7 mln €
- «Liverpul» — 109,5 mln €
- «PSJ» — 105,9 mln €
- «Real» Madrid — 102,6 mln €
- «Barselona» — 100,3 mln €
- «Atletiko» Madrid — 89,2 mln €
- «Sporting» — 79,6 mln €
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumdagi Chempionlar ligasining hal qiluvchi final bahsi 2026 yil 30 may kuni Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist