Chemodanlar, baqiriqlar va “aut”: “Jalgiris” muxlislari Cheburinga qarshi chiqdi
Litvaning mashhur “Jalgiris” klubi muxlislari o‘z jamoasi bosh murabbiyi — qozog‘istonlik Vladimir Cheburinga qarshi chiqishdi. “Kauno Jalgiris”ga qarshi chempionat o‘yinidan oldin stadionda g‘alati manzara yuzaga keldi: tribunadan maydonga chemodanlar otilib, muxlislar esa “Cheburin — aut!” deb baqirishdi.
Cheburin bu harakatga qarshilik ko‘rsatmadi — u faqat muxlislarning “ijodkorligi”ga qosh qoqib, mutlaqo indamay turdi. Futbolchilar esa o‘yindan oldin maydonni chamadonlardan tozalashga majbur bo‘lishdi.
Bu shov-shuvli aksiya tasodifiy emas. “Jalgiris” o‘tgan yili chempion bo‘lgan bo‘lsa-da, joriy mavsumda katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda: jamoa Litva chempionatida 7-o‘rinda, milliy kubokdan chiqib ketgan, Yevropa arenalarida esa avval Chempionlar Ligasi doirasida Maltaning “Hamrun”iga, keyin Konferensiyalar Ligasida “Linfield”ga (Shimoliy Irlandiya) yutqazib, evrokuboklardan ham chiqib ketdi. Raqiblar esa eng kuchlilardan emas.
Muxlislarning noroziligi ortidan Cheburinning jamoada qolish-qolmasligi mavsumning eng qiziqarli mavzusiga aylanishi mumkin.