locale OZ

\"Chelsi\"ning sobiq futbolchisi faoliyatini yakunladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Chelsi"ning sobiq futbolchisi faoliyatini yakunladi
Photo: Getty Images

Londonning “Chelsi” jamoasining sobiq futbolchisi Charli Musonda professional faoliyatini yakunladi.

Belgiya futbolchisi 2012 yilda “Chelsi”ga ko‘chib o‘tgandi. Biroq London klubida asosiy tarkibga kira olmagan va bir nechta jamoalarda ijaraga o‘ynagan. Xususan, “Betis”, “Seltik” va “Vites” klublarida ham to‘p surgan.

Musonda Belgiya futbolining kelajagi sifatida ko‘rilgan. 2022 yilda “Levante”da o‘ynagan. Keyinchalik Kiprning “Anortosis” klubida bir muddat to‘p tepdi. Biroq u yerda ham faoliyati kutilganidek bo‘lmadi va 2024 yil sentabrda Kiprni tark etdi.

Shundan so‘ng bir yil davomida maydonga tushmagan edi. Oxir-oqibat u faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting