“Chelsi” yozda uchta pozitsiyani mustahkamlamoqchi - Skira
“Aristokratlar” APL turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda.
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
25.05.2025, Yak.
Nottingem F
0
Chelsi
1
Londonning “Chelsi” klubi yozgi transferlar vaqtida uch nafar futbolchi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.
“Chelsi” yozgi transferlar vaqtida uchta yangi transferni rejalashtirmoqda: markaziy himoyachi, chap qanot himoyachisi va hujumchi”, - deb yozadi Skira.
Ma'lumot uchun, “Chelsi” joriy mavsum APL'da 66 ta ochko jamg'arib, turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda. Klub mavsumdagi so'nggi o'yinini 25-may kuni “Nottingem Forest”ga qarshi o'tkazadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist