«Chelsi» Yildiz uchun 66 mln yevro taklif qildi
Uning "Yuventus" bilan bitimi 2029 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
ФОТО: Getty images
"Yuventus" "Chelsi" vingeri Kenan Yildizning huquqlarini sotib olish bo‘yicha 66 million yevrolik taklifini rad etdi. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 20 yoshli turkiyalik futbolchiga Angliyaning yana bir klubi "Arsenal" ham qiziqish bildirmoqda.
“To‘pchilar” turkiyalik o‘yinchini kuzatish uchun "Yuventus" – "Milan" o‘yiniga skautlarini yuborgan.
Yildiz 2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 8 o‘yinda 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi. Uning bitimi 2029 yilning 30 iyuniga qadar amalda. Transfermarkt uning transfer qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist