locale OZ

«Chelsi» Virtsga qiziqib qoldi

Transfermarkt portali Virtsning bozor qiymatini 110 million yevroga baholamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Chelsi» Virtsga qiziqib qoldi
ФОТО: Getty images

Londonning “Chelsi” klubi “Liverpul”ning germaniyalik yarim himoyachisi Florian Virtsga jiddiy qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Football Insider.

Manbaga ko‘ra, agar munosib takliflar tushsa, mersisaydliklar yarim himoyachi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishlari mumkin.

Ta’kidlash joizki, Virts “Bayer”da o‘ynagan paytda jamoani hozirda “Chelsi”ni boshqarayotgan Xabi Alonso boshqargan. Florian o‘tgan yozda “Liverpul”ga ko‘chib o‘tgan va klub tarixidagi eng qimmat xaridga aylangan edi. “Qizillar” safidagi debyut mavsumida yarim himoyachi barcha turnirlarda 49 ta o‘yin o‘tkazib, yettita gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali Virtsning bozor qiymatini 110 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting