«Chelsi» Vinisius uchun asosiy xaridor
Bu transfer londonliklar tarixidagi eng qimmat bitimga aylanadi.
ФОТО: Getty images
“Real” vingeri Vinisius Junior 2026 yilda jamoani tark etishi mumkin, deya xabar bermoqda Fichajes nashri.
Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati 25 yoshli braziliyalik futbolchi bilan yangi shartnoma shartlari bo‘yicha kelisha olmayapti. Shu bois, yaqin vaqt ichida futbolchining "Madrid" bilan xayrlashishi ehtimoli ancha real ko‘rinmoqda.
Qayd etilishicha, “Chelsi” Vinisiusni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda va uning uchun taxminan 150 million yevro taklif qilishi mumkin. Bu transfer londonliklar tarixidagi eng qimmat bitimga aylanadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist