locale OZ

«Chelsi» Tonaliga e'tibor qaratdi

Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 «Chelsi» Tonaliga e'tibor qaratdi
ФОТО: Getty images

"Chelsi" klubi "Nyukasl"ning 25 yoshli yarim himoyachisi Sandro Tonali xizmatiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Football Insider nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "ko'klar" Tonalini joriy qishda emas, balki kelasi yozda sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda.

Klub italiyalik futbolchini saqlab qolishga umid qilmoqda va u 10 oylik diskvalifikatsiyadan so'ng uni qo'llab-quvvatlagan klubga sodiqlik ko'rsatishi kerak, deb hisoblamoqda.

Joriy mavsumda Tonali barcha musobaqalarda 24 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining narxi 75 mln yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting