“Chelsi” Rogersning transferi uchun 80 mln funt sarflashga tayyor
Photo: Getty Images
“Aston Villa” vingeri Morgan Rogers “Chelsi”ning qiziqish doirasida bo‘lib turibdi.
The Athletic xabar berishicha, London klubi ingliz futbolchisi, 22 yoshli Rogersni anchadan beri diqqat bilan kuzatib kelmoqda.
“Chelsi” Morganni o‘z safiga qo‘shib olish uchun 80 million funt sarflashga tayyor ekanini ma’lum qilgan.
Rogers yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 54 o‘yinda qatnashib, 14 ta gol va 15 ta assist qayd etdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, uning transfer qiymati 50 mln yevroni tashkil qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist