locale OZ

“Chelsi” o'z tarkibini “Everton” himoyachisi bilan kuchaytirmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Chelsi” o'z tarkibini “Everton” himoyachisi bilan kuchaytirmoqchi
FOTO: Getty Images

Londonning “Chelsi” klubi “Everton” markaziy himoyachisi Jerrard Brantueytni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, mersisaydliklar bosh murabbiyi Devid Moyes 22 yoshli futbolchini sotmoqchi emas. “Everton” 2024-yilning yozida “Manchester Yunayted”ning Brantueyt uchun 45 million funt sterlinglik taklifini rad etgandi.

Ma'lumot uchun, Brantueyt o'tgan mavsum barcha turnirlarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, bitta golga assistentlik qildi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 50 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting