locale OZ

«Chelsi» nazorat bahsida «Milan»ni yirik hisobda tor-mor qildi

Yangi mavsum olidan tayyorgarlik bahsida «Milan» APL vakili «Chelsi» bilan ro‘baro‘ keldi.
«Chelsi» nazorat bahsida «Milan»ni yirik hisobda tor-mor qildi
photo: gettyimages

Yangi mavsum olidan tayyorgarlik bahsida «Milan» APL vakili «Chelsi» bilan ro‘baro‘ keldi. Londonliklar raqibga umuman imkon qoldirmadi va yirik hisobdagi g‘alabani tantana qildi.

«Aristokratlar» safida mundialga olib ketilmagani ancha shov-shuvlarga sabab bo‘lgan Joao Pedro dubl rasmiylashtirgan bo‘lsa, uchinchi golga yarimhimoyachi Moyses Kaysedo mualliflik qildi.


«Chelsi» — «Milan» 3:0
Gollar:
Joao Pedro (45; 46), Moyses Kaysedo (50)

«Chelsi»— Sanches Richard, Fofana Uesli (Sarr Mamadu-Nabi 90'), Achimpong Djosh, Xato Yorrel (Anselmino Aaron 79'), Laviya Romeo, Pedro Joao (Estevao 85'), Palestra Marko, Kaysedo Moyses (Uolsh Reggi 85'), Netu Pedru (Jekson Nikolas 58'), Palmer Koul (Mixailo Mudrik 85'), Uelbek Danni (Kenda Jeovani 58').

«Milan» — Torriani Lorenso, Terrachchano Filippo (Richchi Samuele 59'), De Vinter Koni, Pavlovich Straxinya, (Bartezagi Davide 47'), Chukvueze Samu (Ramush Gonsalu 47'), Luka Modrich (Kristofer Nkunku 46'), Komotto Kristian (Matteo Gabbiya 46'), Pervis Estupinyan (Musa Yunus 46'), Loftus-Chik Ruben (Valeri Vladimirov 59'), Rafael Leau (Ardon Yashari 46'), Franchesko Kamarda (Aleksis Salemakers 47').

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting