«Chelsi» Mudrikni ijaraga berishga qarshi emas
“Chelsi” ukrainalik vinger Mixail Mudrikni joriy mavsum oxirigacha boshqa klubga ijaraga berish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Football.London xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Mudrikka Angliya Premyer-ligasining kamida uchta klubi qiziqish bildirgan. Ular orasida “Koventri” ham bor. Ushbu jamoani Mudrik bilan ilgari ham birga ishlagan Frenk Lempard boshqarmoqda. Shuningdek, ukrainalik futbolchini Fransiyaning “Strasburg” klubiga ijaraga berish varianti ham ko‘rib chiqilmoqda.
Mudrikning “Chelsi”dagi kelajagi hali aniq hal qilinmagan. Bosh murabbiy Xabi Alonso futbolchining vaziyatiga ehtiyotkorlik bilan yondashish kerakligini ta’kidlagan. Ayni paytda klub uni muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun ijaraga berishga ochiq.
Futbolchi 2024 yilda doping namunasi natijasida meldoniy aniqlangach, vaqtincha futboldan chetlatilgan edi. 2025 yilda Angliya Futbol Assotsiatsiyasi unga antidoping qoidalarini buzganlik bo‘yicha ayblov qo‘ygan va keyinchalik futbolchiga to‘rt yillik diskvalifikatsiya berilgan. Biroq 2026 yil iyul oyi oxirida diskvalifikatsiya muddati muddatidan oldin bekor qilindi.
Shundan so‘ng Mudrik futbolga qaytib, 5 avgust kuni “Yuventus”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida “Chelsi” safida maydonga tushdi. Bu uning uzoq tanaffusdan keyingi ilk o‘yini bo‘ldi.