locale OZ

«Chelsi» «Liverpul»ning sobiq yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum bilan shartnoma imzolashga yaqin

35 yoshli niderlandiyalik futbolchi hozir erkin agent maqomida.
«Chelsi» «Liverpul»ning sobiq yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum bilan shartnoma imzolashga yaqin
photo: gettyimages

«Chelsi» «Liverpul»ning sobiq yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum bilan shartnoma imzolashga yaqin. 35 yoshli niderlandiyalik futbolchi hozir erkin agent maqomida.

El Chiringuito TV xabariga ko‘ra, London klubi Veynaldum bilan bir yillik shartnoma bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Kelishuvda uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan. Manbaga ko‘ra, bitim taxminan 90 foizga tayyor.

Veynaldum «Al-Ittifoq» bilan shartnomasi yakunlanganidan so‘ng klubsiz qoldi. Saudiya jamoasi o‘tgan mavsum yakunida futbolchi bilan xayrlashishga qaror qilgan. U Saudiyaga ko‘chib o‘tishidan oldin "PSV", "Liverpul", "PSJ" va boshqa klublarda to‘p tepgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting