locale OZ

«Chelsi» Lakrua bilan muzokaralarni boshladi

Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Chelsi” Lakrua bilan muzokaralarni boshladi
ФОТО: Getty images

“Chelsi” Fransiya terma jamoasi va “Kristal Pelas”ning markaziy himoyachisi Maksans Lakruaning transferi bo‘yicha muzokaralarda sezilarli siljish qayd etdi. Bu haqida TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi “ko‘klar” safida to‘p surishga ochiq.

Ta’kidlanishicha, Lakruani sotib olish jamoaning himoya markazidagi yagona kuchayish bo‘lmasligi kerak.

O‘tgan mavsumda Lakrua barcha musobaqalarda 55 ta o‘yinda ishtirok etib, uchta gol va uchta golli pas muallifi bo‘ldi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 50 million yevroni tashkil etadi.

Hozirgi vaqtda Lakrua Fransiya terma jamoasi tarkibida 2026 yilgi jahon chempionatida to‘p surmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting