locale OZ

«Chelsi» Kasado uchun «Barselona»ga taklif yuboradi

Markga “Arsenal” klubi ham qiziqmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Chelsi" Kasado uchun "Barselona"ga taklif yuboradi
ФОТО: Getty images

"Chelsi" klubi qishki transfer oynasida jamoani kuchaytirish ustida ish olib bormoqda.

Daily Briefing nashrining ma'lumotlariga ko'ra, "aristokratlar" "Barselona" yarim himoyachisi Mark Kasadoga jiddiy qiziqish bildirgan.

O'z navbatida Kataloniyaliklar 22 yoshli futbolchini taxminan 30–35 million yevroga sotishga tayyor ekani aytilmoqda.

Kasadoga “Arsenal” klubi ham qiziqmoqda. Biroq “to'pchilar” uning uchun 30 milliondan kamroq pul taklif qilishi mumkin.

Futbolchining o'zi esa Kataloniyada qolish va asosiy tarkib uchun kurashishni istamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting