locale OZ

“Chelsi” Jeyms Garner uchun 65 million funt taklif qilgan, biroq “Everton” rad etgan

Garnerning o‘zi ham Mersisayd klubida qolishdan mamnun ekani aytilmoqda.
“Chelsi” Jeyms Garner uchun 65 million funt taklif qilgan, biroq “Everton” rad etgan
Foto: Getty Images

“Chelsi” yozgi transfer oynasining so‘nggi kunida “Everton” yarimhimoyachisi Jeyms Garnerni sotib olishga uringan. The Bobble ma’lumotiga ko‘ra, London klubi 25 yoshli angliyalik futbolchini 65 million funtga baholagan va transfer bo‘yicha kechki taklif bilan chiqqan.

Biroq “Everton” asosiy futbolchilaridan birini transfer oynasi yopilishiga sanoqli soatlar qolganida qo‘yib yuborishni istamagan va taklifni rad etgan. Garnerning o‘zi ham Mersisayd klubida qolishdan mamnun ekani aytilmoqda.

“Chelsi” markaziy yarimhimoya chizig‘ini kuchaytirish ustida ishlagan edi. Klub Garner variantiga Enso Fernandesning “Manchester Siti”ga o‘tishi fonida murojaat qilgan, biroq muzokaralar natija bermagan.

Ma’lumot uchun, Garner joriy yilning yanvarida “Everton” bilan shartnomasini 2030-yilgacha uzaytirgan. U 2025/26-yilgi mavsum yakunida klubning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan va Angliya terma jamoasida ham debyut qilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting