locale OZ

\"Chelsi\" ikki futbolchisi \"Yurgorden\"ga qarshi o‘ynamaydi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Chelsi" ikki futbolchisi "Yurgorden"ga qarshi o‘ynamaydi
Photo: Getty Images

"Chelsi"ning ikki futbolchisi hujumchi Kristofer Nkunku va darvozabon Robert Sanches UEFA Konferensiyalar Ligasi yarim finalining birinchi o‘yiniga Shvetsiyaga bormadi.

Jurnalist Ben Jeykobs xabar berishicha, germaniyalik hujumchi mashg‘ulot vaqtida kichik jarohat olgan, ispaniyalik darvozabon esa Angliya Premer-ligasining 34-turidan o‘rin olgan "Everton"ga qarshi o‘yinda (1:0) jarohat olgan. Natijada, ikkalasi ham "Yurgorden"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushmaydi.

Eslatib o‘tamiz, "Yurgorden" – "Chelsi" uchrashuvi 1 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting