«Chelsi» Gyulerni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
ФОТО: Getty images
«Chelsi» klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso «Real» yarim himoyachisi Arda Gyuler transferiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Chelsi» yozgi transfer oynasida Morgan Rogersni xarid qilganiga qaramay, Gyulerga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolgan.
Qayd etilishicha, Xabi Alonso Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Rogers transferidan oldin ham Gyulerni o‘z jamoasida ko‘rishni istagan.
21 yoshli turkiyalik yarim himoyachi joriy mavsum Ispaniya chempionatida 6 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.