locale OZ

“Chelsi” Granit Jaka ogʻzaki kelishuvga erishdi

Shveysariyalik futbolchi faoliyatini London klubida davom ettirishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Chelsi” Granit Jaka ogʻzaki kelishuvga erishdi
FOTO: Getty Images

Londonning “Chelsi” klubi “Sanderlend” yarim himoyachisi Granit Jaka transferi ustida ish olib bormoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “ko‘klar” shveysariyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha to‘liq og‘zaki kelishuvga erishgan. Endilikda London klubi transferni yakunlash uchun “Sanderlend” rahbariyati bilan muzokaralarga kirishgan.

Manbada qayd etilishicha, futbolchini jamoaga taklif qilishdan “Chelsi” bosh murabbiyi Xabi Alonso shaxsan manfaatdor. Murabbiy tajribali yarim himoyachini jamoa markaziy chizig‘ini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan futbolchi sifatida ko‘rmoqda.

Shuningdek, Granit Jakaga “Manchester Yunayted” ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda. Shu sababli futbolchining kelajagi bo‘yicha kurash kuchayishi mumkin.

O‘tgan mavsumda Granit Jaka barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 6 ta golli uzatma qayd etgan. Futbolchining “Sanderlend” bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Shu bois transferning amalga oshishi klublar o‘rtasidagi muzokaralar natijasiga bog‘liq bo‘ladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting