locale OZ

\"Chelsi\" Garnachoni sotishga tayyor

Garnacho 2025-yil yozida "Manchester Yunayted"dan "Chelsi" safiga qo‘shilgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Chelsi" Garnachoni sotishga tayyor
Foto: Getty Images

Londonning "Chelsi" klubi argentinalik vinger Alexandro Garnacho bilan xayrlashishga tayyor.

Xabarlarga ko‘ra, klub rahbariyati 22 yoshli futbolchini yozgi transfer oynasida sotishga qaror qilgan. Garnacho atigi bir yil avval "Manchester Yunayted"dan 40 million yevro evaziga transfer qilingandi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, futbolchi o‘tgan mavsum klub kutgan darajadagi o‘yinni namoyish eta olmadi. Shu sababli "Chelsi" uning transferi bo‘yicha kelib tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Garnacho 2025-yil yozida "Manchester Yunayted"dan "Chelsi" safiga qo‘shilgandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting