«Chelsi» De Yong uchun taklif tayyorlamoqda
Futbolchining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
«Chelsi» De Yong uchun taklif tayyorlamoqda
«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong faoliyatini Londonning «Chelsi» klubida davom ettirishi mumkin. Football Insider xabariga ko‘ra, «ko‘klar» niderlandiyalik futbolchini «Manchester Siti»ga o‘tgan Enso Fernandesning o‘rniga nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Barselona» 29 yoshli futbolchisini 59 million yevrodan ortiq summaga baholamoqda. Biroq kataloniyaliklar yarim himoyachini sotishga intilmayapti.
De Yong 2026 yilgi jahon chempionatida olgan jarohatidan tiklanishda davom etayotgani sababli yangi mavsumda hali maydonga tushmadi.
Ma’lumot uchun, futbolchining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.