«Chelsea» Buonanotteni YeChL qaydnomasiга kiritdi
U jarohat olgan Essuguning o‘rnini egalladi.
ФОТО: Getty images
“Chelsea” Facundo Buonanotteni Yevropa Chempionlar Ligasi qaydnomasiга kiritdi.
20 yoshli yarim himoyachi Portugaliya yoshlar jamoasida sonidan jarohat olib, so‘ng operatsiya qilingan Dario Essugu o‘rniga qo‘shildi.
Qayd etilishicha, Essugu 2026 yilgacha o‘ynay olmaydi.
London klubi umumiy bosqichdagi ilk o‘yinini safarda “Bavariya”ga qarshi o‘tkazadi. Bahs “Allianz Arena”da bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik Buonanotte YeChLda o‘ynash uchun ijara asosida “Brighton”dan “Chelsea”ga o‘tgan, ammo klub uni dastlabki qaydnomaga kiritmagandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist