locale OZ

ChatGPT O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionati yo‘llanmasini olishini bashorat qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Instagram

ChatGPT sun’iy intellekti Jahon chempionati–2026 Osiyo saralash bosqichining uchinchi raund to‘qqizinchi turidagi BAA – O‘zbekiston uchrashuvi bo‘yicha o‘z prognozini taqdim etdi, deb xabar beradi Championat.asia. Sun’iy intellektga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi bu o‘yinda mag‘lubiyatga uchramaydi.

«O‘zbekiston yutqazmaydi va ochko qo‘lga kiritadi»

Jamoaning jismoniy va taktik tayyorgarligi yuqori baholangan. Futbolchilar yaxshi sport formasini namoyish etmoqda. Timur Kapadze boshchiligidagi murabbiylar shtabida yangicha va kreativ yondashuvlar ko‘zga tashlanmoqda.

Barqarorlik mavjud

2023 yildan 2025 yilgacha bo‘lgan davrda jamoa hal qiluvchi o‘yinlarda o‘zini ancha ishonchli tutmoqda — bu sezilarli o‘zgarish.

«O‘zbekistonga durang ham kifoya qiladi»

Buni anglagan holda jamoa ehtimol, himoyada oqilona harakat qiladi. Qarshi hujumlar orqali imkoniyatlar yaratish mumkin.

Sun’iy intellekt prognozi:

Hisob — 1:1 yoki 2:2.

Tahminiy ssenariyga ko‘ra, BAA ko‘proq hujum qiladi, biroq O‘zbekiston qarshi hujumlar orqali kerakli durang natijani qo‘lga kiritadi.

Xulosa: «O‘zbekiston Jahon chempionatiga yo‘llanma oladi», — deb yozadi ChatGPT.

BAA – O‘zbekiston o‘yini 5-iyun kuni Abu-Dabidagi «Al-Nahayan» stadionida bo‘lib o‘tadi. Terma jamoamiz Jahon chempionatiga yo‘l olishi uchun mag‘lubiyatdan qochishi kifoya qiladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting