locale OZ

Chatchua – «Vulverhempton» futbolchisi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Chatchua – «Vulverhempton» futbolchisi
Фото: Getty Images

Jekson Chatchua APLda toʻp tepadi.

"Vulverhempton" klubi 24 yoshli himoyachining transferini eʼlon qildi.

U "boʻrilar" bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Kelishuvni yana bir yilga uzaytirish mumkin.

Chatchuaning transferi uchun ingliz klubi "Verona"ga 12,5 million yevro toʻlaydi.

Oʻtgan mavsumda kamerunlik futbolchi A Seriyada 36 oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urgandi. U 36,3 km/soat tezlik qayd etib, Italiyada mavsumning eng tezkor oʻyinchisiga aylangandi.

Maʼlumot uchun, Chatchua "Verona"gacha Belgiya "Sharlerua" klubida ham harakat qilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting