\"CFA International Women's Football Tournament Yongchuan 2025\" Xitoy 5:0 Oʻzbekiston
Photo: UFA
O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Xitoyda bo'lib o'tadigan turnirda qatnashishi haqida xabar bergan edik.
Ayollar terma jamoamiz "CFA International Women's Football Tournament Yongchuan 2025" turniridagi ilk uchrashuvni mezbon Xitoy terma jamoasiga qarshi o'yin bilan boshlashdi. “Yongchuan Sports Center” o'yingohida bo'lib o'tgan ushbu uchrashuvda maydon egalari futbolchilarimizga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va yirik 5:0 hisobida g'alaba qozondi.
Gollar : Zhang Xing 44’, Shao Zing 45+1’, Li Mingvin 69’, Vang Yanvin Liu 87’, Jing 90
Ibrohim Jalolov
Redaktor