CAFA-17 birinchi tur yakunlandi. Vakillarimizdan yirik hisobdagi g'alaba!
PHOTO: Telegram
Toshkentda bo'lib o'tayotgan o'n yetti yoshlilar o'rtasidagi Markaziy Osiyo kubogining birinchi tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

A guruhidagi ilk bahsda Turkmaniston Afg'onistonni kichik 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan bo'lsa, B guruhida O'zbekiston U17 terma jamoamiz Qirg'iz Respublikasi tengqurlarini yirik 5:1 hisobida mag'lub qilishdi.

CAFA U-17 Championship 2025”
Qirg‘iz R. 1:5 O‘zbekiston
Gollar: Ahrorbek Ravshanbekov 24', Laziz Abduraimov 65', 71' (pen), Rustam Aliyev 74', Humoyun Sindarov 90+4’ — Kanatbek Raxatov 54'
Chetlatish: Islombek Ravshanov 52'
Terma jamoamiz futbolchisi Suxrob Sadirjanov uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor