CAFA U-18 musobaqasida oʻzbekistonlik hakamlar faoliyatini davom ettirmoqda
Turkmaniston — Qirgʻiz Respublikasi terma jamoalari oʻrtasidagi bahsda ishlashdi.
photo: UzFHM
CAFA U-18 musobaqasida oʻzbekistonlik hakamlar faoliyatini davom ettirmoqda.
Milliy futbol markazida boʻlib oʻtayotgan qizlar oʻrtasida CAFA U-18 musobaqasining Turkmaniston — Qirgʻiz Respublikasi terma jamoalari oʻrtasidagi bahsda Dildora Rustamova bosh hakam sifatida, Xayriniso Erkinova yordamchi hakam boʻlib faoliyat olib bordi. Avvalroq ushbu hakamlarimiz Qirgʻiz Respublikasi — Eron terma jamoalari oʻrtasidagi bahsida ishlashgan edi.
Eng so'nggi xabar va yangiliklarni sports24.uz sayti orqali kuzatib boring.
Ibrohim Jalolov
Redaktor